8.3 с
100 km/soatgacha tezlanish
O'zbekistondagi rasmiy BYD dilerlik tarmog'i
8.3 с
100 km/soatgacha tezlanish
145 km tahminati
Yurish zahirasi
130 ot kuchi tahminati
Quvvat
Harakatlanuvchi ajdar dizayni “ajdar soqollari”dan orqa qismgacha cho‘zilgan dinamik dizayn tashqi ko‘rinishga silliq va kuchli siluet beradi.
Ajdar shaklidagi old fasad: Old bamperning ikki tomonida kaskadli havo taqsimlagichlar qo‘llanilgan bo‘lib, bu sport uslubidagi va jo‘shqin ko`rinuvchi taassurot beradi. Ajdar mo‘ylovi shaklidagi dizayn chiroqlar bilan tabiiy uyg‘unlashib, old qismni yanada zamonaviy ko‘rsatadi. Ajdar tangachasi ko‘rinishidagi olti burchakli panjara ko`rinish jihatdan yorqin ta`sirga ega va noodatiy. LED chiroqlar ajdarning ko‘zlaridan ilhomlangan bo‘lib, go‘yo energiya nuri kabi ko‘zni qamashtiruvchi yorug‘lik sochayotgandek taassurot uyg‘otadi.
SONG PRO DM-i CHAMPION modelining dumaloq va keng orqa qismi gorizontal cho‘zilgan bo`lib, o‘rnatilgan LED orqa chiroqlar bilan uyg‘unlashib, kuch va nafislik muvozanatini ifodalovchi keng tasavvur maydonini yaratadi.
Nozik detallar bilan o‘rnatilgan LED orqa chiroqlar kuchli uch o‘lchamli effekt va texnologik ustunlikni namoyon etib, butun avtomobil dizaynining yakuniy nuqtasiga aylanadi.
110KM Flagship versiyasiga xos bo‘lgan 19 dyuymli, ikki qavatli besh qanotli alyuminiy qotishmadan tayyorlangan g‘ildirak disklarining nafis o‘ymakorligi va dinamik qatlamlari yo‘l bilan yanada aniq tutashuv hissini taqdim etadi.
Sharqona estetika bilan uyg‘unlashgan tog‘ moviy rangi uzoqdagi tog‘lar xuddi ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘lgandek taassurot uyg‘otadi.
SONG PRO DM-i Champion dizayni BYD sulolasi dizayn uslubi asosida bosqichma-bosqich takomillashtirilgan: dinamik va ko‘p qatlamli chiziqlar puxta o‘ylangan kuzov proporsiyalari va tik qomatni shakllantiradi, butun avtomobil bo‘ylab cho‘zilgan “ajdar mo‘ylovlari” hamda orqa chiroqlar esa unga yanada yoshroq va sport uslubiga mos ruh bag‘ishlaydi.
Shovqinsiz va aqlli salon: Yumshoq materialdan tayyorlangan o‘rnatilgan o‘rindiqlar butun tanani bo‘shashtirish imkonini beradi. Orqa o‘rindiqlar suyanchig‘ining qiyalik burchagi 98–118 daraja oralig‘ida sozlanadi, bu bosh, yelka va bel uchun to‘liq tayanchga ega qulay zona yaratib, safarda besh yulduzli zavqni ta’minlaydi.
BYD 27 yildan ortiq vaqtdan beri batareya ishlab chiqarishda yangilik yaratuvchi hisoblanadi. Bizning eng so‘nggi Blade batareyamiz qattiq sharoitlarda ekstremal sinovlar ketma-ketligidan o‘tgan bo‘lib, bu esa uni dunyodagi eng xavfsiz batareyalardan biriga aylantiradi.