O'zbekistondagi rasmiy BYD dilerlik tarmog'i

globe
UZ
RU

BYD SEAL 6

7,5 с

100 km/soatgacha tezlanish

120 km tahminati

Yurish zahirasi

BYD SEAL 6

Narxlar ro'yxat
Dizayn
Kafolat
Eksteryer
Interyer
Texnologiyalar

Ritmni belgilovchi innovatsiyalar

Dunyodagi 5-avlod DM texnologiyasiga ega birinchi sedan

Ritmni belgilovchi innovatsiyalar

Dragon Soaring Fastback dizayni

Yon profili dinamik va xarizmatik: fastbek tipidagi xarakatchan siluet havo oqimini tom chizig‘i bo‘ylab yo‘naltirib, turbulentlik va qarshilikni kamaytiradi. Uslub kuch bilan uyg‘unlashgan joy.

Yuqori ta`sirga ega “keng yelkali” dizayn

Ingichka spoyler va ultra keng kuzov chizig‘i go‘zallik va kuch uyg‘unlashgan kuchli hamda xarizmatik qiyofani yaratadi.

Dizayn ustuvorligi

Tabiat uyg‘unligidan ilhomlangan salon estetikasi

Dizayn ustuvorligi
Sharqona xat qog`oz slubidagi dizayn va nafis nefrit ruhidagi asboblar paneli

Sharqona xat qog`oz slubidagi dizayn va nafis nefrit ruhidagi asboblar paneli

Salon dizayni an’anaviy naqshlarga ega bo‘lgan nafis sharqona xat qog`ozni eslatadi: u nefrit yorqinligi bilan uyg‘unlashgan asboblar paneli ustidan go‘yo suzib o‘tgandek, eshik chiziqlariga bir tekisda ulanadi va butun salonni qamrab oladi. Natijada xotirjamlik va qulaylik muhitini yaratadi.
Ko‘p rangli ambient yoritgich

Ko‘p rangli ambient yoritgich

15,6 dyuymli moslashuvchan aylanuvchi “suzuvchi” ekran

15,6 dyuymli moslashuvchan aylanuvchi “suzuvchi” ekran

8,8 dyuymli to‘liq raqamli asboblar paneli + ko‘p funksiyali rul g`ildiragi

8,8 dyuymli to‘liq raqamli asboblar paneli + ko‘p funksiyali rul g`ildiragi

Salondagi tekis pol

Salondagi tekis pol

Orqa qator markazida to‘liq tekis pol yaratilib, bu yo‘lovchilar uchun oyoq uchun maksimal maydon va qo‘shimcha qulaylikni ta’minlaydi.
Kutubxonadek tinch

Kutubxonadek tinch

Yuqori samarali shovqin izolyatsiyasi (NVH) salonni yolg‘izlik va osoyishtalikdan bahramand bo‘lish mumkin bo`lgan qulay muhit bilan ta’minlaydi.

Yuqori darajadagi xavfsizlik

Xomashyo sifatida ishlatiladigan litiy-temir-fosfat bir qator foydali xususiyatlarga ega: issiqlikning sekin ajralishi, past issiqlik tarqalishi va kislorod ajralmasligi. Yassi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi noyob dizayn sovitish va oldindan isitish samaradorligini ham oshiradi. Blade Battery mix bilan teshib ko‘rish sinovidan olov yoki tutun chiqarmagan holda muvaffaqiyatli o‘tgan.

Kengaytirilgan harakatlanish masofasi

An’anaviy akkumulyator bloklari bilan solishtirganda, Blade batareyasi egallaydigan maydon 50% dan ortiqroqqa kengaytirilgan bo‘lib, bu yuqori energiya zichligini va kattaroq harakatlanish masofasini ta’minlaydi.

Mix bilan teshib ko‘rish sinovi

Mix bilan teshib ko‘rish sinovi batareyalarning issiqlik ajralishi nuqtai nazaridan eng qat’iy tekshiruv usullaridan biri hisoblanadi. Maqsad — batareyadagi ichki qisqa tutashuvni keltirib chiqarish. Odatda bu jiddiy yo‘l-transport hodisasi vaqtida tashqi o'tkir metall buyumlar batareyaga tushganda sodir bo‘ladi. batareyasi mix bilan teshib ko‘rish sinovidan olov yoki tutun chiqarmasdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Sirt harorati faqat 30–60°C gacha yetgan.

Uzoqroq xizmat ko`rsatish muddati

Blade Battery uzoq xizmat ko`rsatish muddatiga ega — 5000 martadan ortiq quvvatlash va sarflash davri.

Optimallashtirilgan mustahkamlik

Bir qadoqda massiv ko‘rinishida joylashtirilgan har bir element konstruktiv tayanch vazifasini bajarib, tashqi kuch ta’siriga qarshilik ko‘rsatadi. Yuqori va pastki qismida yuqori mustahkam panellarga ega, asalari uyasiga o‘xshash alyuminiy tuzilma vertikal yo‘nalishdagi qattiqlikni sezilarli darajada oshiradi. Aynan shu keskin konstruktsiya Blade batareyasining optimal mustahkamligini ta’minlaydi.

SiC MOSFETs yarimo‘tkazgich texnologiyasi

Aerokosmik darajadagi material (alyuminiy kremniy karbidi) asosida yaratilgan yuqori darajada integratsiyalashgan SiC moduli elektromotorning foydali ish koeffitsiyentini optimallashtiradi va natijada avtomobilning harakatlanish zaxirasini oshiradi.

Standart jihozlangan yuqori samarali issiqlik nasos tizimi

Ilg‘or energiya tejovchi issiqlik nasos tizimi standart jihozga kiritilgan. Keng harorat diapazonida ishonchli ishlaydigan tizim atrof-muhit, uzatmalar, yo‘lovchi saloni va hatto batareyalardan qolgan issiqlikni samarali ishlatish uchun ishlab chiqilgan. Bu issiqlik samaradorligini oshiradi va isitish yoki sovutish paytida energiya yo‘qotilishini kamaytiradi. Natijada, past haroratlarda harakatlanish zaxirasi oshadi.