Yuqori darajadagi xavfsizlik
Xomashyo sifatida ishlatiladigan litiy-temir-fosfat bir qator foydali xususiyatlarga ega: issiqlikning sekin ajralishi, past issiqlik tarqalishi va kislorod ajralmasligi. Yassi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi noyob dizayn sovitish va oldindan isitish samaradorligini ham oshiradi. Blade Battery mix bilan teshib ko‘rish sinovidan olov yoki tutun chiqarmagan holda muvaffaqiyatli o‘tgan.
Kengaytirilgan harakatlanish masofasi
An’anaviy akkumulyator bloklari bilan solishtirganda, Blade batareyasi egallaydigan maydon 50% dan ortiqroqqa kengaytirilgan bo‘lib, bu yuqori energiya zichligini va kattaroq harakatlanish masofasini ta’minlaydi.
Mix bilan teshib ko‘rish sinovi
Mix bilan teshib ko‘rish sinovi batareyalarning issiqlik ajralishi nuqtai nazaridan eng qat’iy tekshiruv usullaridan biri hisoblanadi. Maqsad — batareyadagi ichki qisqa tutashuvni keltirib chiqarish. Odatda bu jiddiy yo‘l-transport hodisasi vaqtida tashqi o'tkir metall buyumlar batareyaga tushganda sodir bo‘ladi. batareyasi mix bilan teshib ko‘rish sinovidan olov yoki tutun chiqarmasdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Sirt harorati faqat 30–60°C gacha yetgan.
Uzoqroq xizmat ko`rsatish muddati
Blade Battery uzoq xizmat ko`rsatish muddatiga ega — 5000 martadan ortiq quvvatlash va sarflash davri.
Optimallashtirilgan mustahkamlik
Bir qadoqda massiv ko‘rinishida joylashtirilgan har bir element konstruktiv tayanch vazifasini bajarib, tashqi kuch ta’siriga qarshilik ko‘rsatadi. Yuqori va pastki qismida yuqori mustahkam panellarga ega, asalari uyasiga o‘xshash alyuminiy tuzilma vertikal yo‘nalishdagi qattiqlikni sezilarli darajada oshiradi. Aynan shu keskin konstruktsiya Blade batareyasining optimal mustahkamligini ta’minlaydi.
SiC MOSFETs yarimo‘tkazgich texnologiyasi
Aerokosmik darajadagi material (alyuminiy kremniy karbidi) asosida yaratilgan yuqori darajada integratsiyalashgan SiC moduli elektromotorning foydali ish koeffitsiyentini optimallashtiradi va natijada avtomobilning harakatlanish zaxirasini oshiradi.
Standart jihozlangan yuqori samarali issiqlik nasos tizimi
Ilg‘or energiya tejovchi issiqlik nasos tizimi standart jihozga kiritilgan. Keng harorat diapazonida ishonchli ishlaydigan tizim atrof-muhit, uzatmalar, yo‘lovchi saloni va hatto batareyalardan qolgan issiqlikni samarali ishlatish uchun ishlab chiqilgan. Bu issiqlik samaradorligini oshiradi va isitish yoki sovutish paytida energiya yo‘qotilishini kamaytiradi. Natijada, past haroratlarda harakatlanish zaxirasi oshadi.