O'zbekistondagi rasmiy BYD dilerlik tarmog'i

globe
UZ
RU

BYD e2

BYD e2

Narxlar ro'yxat
Dizayn
Kafolat
Eksteryer
Interyer
Texnologiyalar

OCEAN X FACE

BYD e2 yangi “okean estetikasi” dizayn konsepsiyasidan (tushuncha) foydalanib, ishonchli, ta’sirchan va yoshroq qiyofani yaratadi.    

OCEAN X FACE
Sport uslubidagi g`ildiraklar

Sport uslubidagi g`ildiraklar

Sport uslubidagi g‘ildiraklar avangard dizayn va sayohat ruhini uyg‘otadi.
Monoyoy turidagi orqa LED chiroqlar

Monoyoy turidagi orqa LED chiroqlar

Siniq chiziqli, uzluksiz turdagi orqa LED chiroqlar bir qarashdayoq hashamatli va ta’sirchan ko‘rinish yaratadi.
Nigohni o`ziga tortuvchi chiroqlar

Nigohni o`ziga tortuvchi chiroqlar

Puxta o‘ylangan konstruksiya chiroqlarning kuchli yorug‘lik nurlarini taratishini ta’minlaydi, bu esa yanada aniq ko‘rish va xavfsiz haydashni kafolatlaydi.
BYD salonining aqlli tizimi va aqlli ovozli muloqot

BYD salonining aqlli tizimi va aqlli ovozli muloqot

Global bilimlarni birlashtirgan holda, tizim inson va avtomobil hayotini to‘liq bog‘laydi va inson-avtomobil o`rtasidagi tarmoqli o‘zaro ta’sirining yangi davrini ochadi.

Shovqin, tebranish va qattiqlik (NVH) xususiyatlarining yaxshilanishi

BYD e2 ilg‘or NVH texnologiyalaridan foydalanadi, bu esa sayohatlar davomida tinch va osoyishta muhitni ta’minlaydi.

Issiqlik nasos tizimi

Issiqlik nasos tizimi batareya bloklarining haroratini samarali boshqarish, shuningdek salon haroratini turli sharoitlarda kam energiya sarfi bilan nazorat qilish imkonini beradi.

Okean uslubidagi keng salon

“Okean estetikasi” dizayni noyob va takrorlanmas uslubni beradi. Harakatchan va qulay BYD e2 haydash jarayonida hayajonli tajribani ta’minlaydi.

BYD Heart boshqaruv markazi

Butunlay yangi BYD Heart boshqaruv markazi barmoqlaringiz uchida qulay va yoqimli boshqaruvni ta’minlaydi.

BYD Blade batareyasi

BYD 27 yildan ortiq vaqtdan beri batareya ishlab chiqarishda yangilik yaratuvchi hisoblanadi. Bizning eng so‘nggi Blade batareyamiz qattiq sharoitlarda ekstremal sinovlar ketma-ketligidan o‘tgan bo‘lib, bu esa uni dunyodagi eng xavfsiz batareyalardan biriga aylantiradi.

BYD Blade batareyasi
Yuqori darajadagi xavfsizlik

Yuqori darajadagi xavfsizlik

Xomashyo sifatida ishlatiladigan litiy-temir-fosfat bir qator foydali xususiyatlarga ega: issiqlikning sekin ajralishi, past issiqlik tarqalishi va kislorod ajralmasligi. Yassi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi noyob dizayn sovitish va oldindan isitish samaradorligini ham oshiradi. Blade Battery mix bilan teshib ko‘rish sinovidan olov yoki tutun chiqarmagan holda muvaffaqiyatli o‘tgan.
Kengaytirilgan harakatlanish masofasi

Kengaytirilgan harakatlanish masofasi

An’anaviy akkumulyator bloklari bilan solishtirganda, Blade batareyasi egallaydigan maydon 50% dan ortiqroqqa kengaytirilgan bo‘lib, bu yuqori energiya zichligini va kattaroq harakatlanish masofasini ta’minlaydi.
Mix bilan teshib ko‘rish sinovi

Mix bilan teshib ko‘rish sinovi

Mix bilan teshib ko‘rish sinovi batareyalarning issiqlik ajralishi nuqtai nazaridan eng qat’iy tekshiruv usullaridan biri hisoblanadi. Maqsad — batareyadagi ichki qisqa tutashuvni keltirib chiqarish. Odatda bu jiddiy yo‘l-transport hodisasi vaqtida tashqi o'tkir metall buyumlar batareyaga tushganda sodir bo‘ladi. batareyasi mix bilan teshib ko‘rish sinovidan olov yoki tutun chiqarmasdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Sirt harorati faqat 30–60°C gacha yetgan.
Uzoqroq xizmat ko`rsatish muddati

Uzoqroq xizmat ko`rsatish muddati

Blade Battery uzoq xizmat ko`rsatish muddatiga ega — 5000 martadan ortiq quvvatlash va sarflash davri.
SiC MOSFETs yarimo‘tkazgich texnologiyasi

SiC MOSFETs yarimo‘tkazgich texnologiyasi

Aerokosmik darajadagi material (alyuminiy kremniy karbidi) asosida yaratilgan yuqori darajada integratsiyalashgan SiC moduli elektromotorning foydali ish koeffitsiyentini optimallashtiradi va natijada avtomobilning harakatlanish zaxirasini oshiradi.
Optimallashtirilgan mustahkamlik

Optimallashtirilgan mustahkamlik

Bir qadoqda massiv ko‘rinishida joylashtirilgan har bir element konstruktiv tayanch vazifasini bajarib, tashqi kuch ta’siriga qarshilik ko‘rsatadi. Yuqori va pastki qismida yuqori mustahkam panellarga ega, asalari uyasiga o‘xshash alyuminiy tuzilma vertikal yo‘nalishdagi qattiqlikni sezilarli darajada oshiradi. Aynan shu keskin konstruktsiya Blade batareyasining optimal mustahkamligini ta’minlaydi.
Standart jihozlangan yuqori samarali issiqlik nasos tizimi

Standart jihozlangan yuqori samarali issiqlik nasos tizimi

Ilg‘or energiya tejovchi issiqlik nasos tizimi standart jihozga kiritilgan. Keng harorat diapazonida ishonchli ishlaydigan tizim atrof-muhit, uzatmalar, yo‘lovchi saloni va hatto batareyalardan qolgan issiqlikni samarali ishlatish uchun ishlab chiqilgan. Bu issiqlik samaradorligini oshiradi va isitish yoki sovutish paytida energiya yo‘qotilishini kamaytiradi. Natijada, past haroratlarda harakatlanish zaxirasi oshadi.