O'zbekistondagi rasmiy BYD dilerlik tarmog'i

globe
UZ
RU

BYD SEAGULL

BYD SEAGULL

Narxlar ro'yxat
Dizayn
Kafolat
Eksteryer
Interyer
Texnologiyalar

Sport uslubiga xos old qism

Avtomobilning old qismi keskin chiziqlar va o'tkir burchaklar bilan ajralib turadi, kuchli va ishonchli qiyofani yaratadi. Chiroqlarning nigohi kuch va qat’iyatni ifodalaydi, avtomobilning umumiy ko‘rinishi yo‘lda hurmat uyg‘otadi va e’tiborni tortadi.

Sport uslubiga xos old qism
Yelka chizig`i

Yelka chizig`i

Harakat jatayonida avtomobil suzuvchi chaykani eslatadi, bu esa dinamika hissini kuchaytiradi.
Orqa chiroqlarning monobrov dizayn elementi

Orqa chiroqlarning monobrov dizayn elementi

BYD Ocean oilasiga mansub LED orqa chiroqlar dizayniga ergashgan holatda orqa chiroqlar uch o‘lchovli gradientli teksturaga ega bo‘lib, muz kristallarini eslatadi. Bu avtomobilga nafis uslub baxsh etadi va uning yorqin uslubini ta’kidlaydi.
Ilhomlantirilgan g‘ildiraklar

Ilhomlantirilgan g‘ildiraklar

“Muz kristallari” uslubidagi dizayn porloq qora rang bilan uyg`unlashgan bo`lib, avtomobilning sport uslubidagi ruhini ta’kidlaydi.

Qulay interyer dinamik uslub va boy funksionallik to‘plamini uyg‘unlashtirib, yo‘lovchilar uchun qulay muhit yaratadi.

Qulay interyer dinamik uslub va boy funksionallik to‘plamini uyg‘unlashtirib, yo‘lovchilar uchun qulay muhit yaratadi.
BYD salonining intellektual tizimi

BYD salonining intellektual tizimi

Shunchaki “Hi, BYD” deb ayting, va aylanuvchi intellektual planshet turli vazifalarni bajaradi, inson, avtomobil va atrof-muhitni birlashtirib, istalgan vaqtda onlayn o‘zaro ta’sirni ta’minlaydi.
Qulay va oson boshqaruv

Qulay va oson boshqaruv

Konsol ergonomik dizaynga ega bo‘lib, harakatlanish, qulaylik va boshqaruvning soddaligini ta’minlaydi.

BYD Blade batareyasi

BYD 27 yildan ortiq vaqtdan beri batareya ishlab chiqarishda yangilik yaratuvchi hisoblanadi. Bizning eng so‘nggi Blade batareyamiz qattiq sharoitlarda ekstremal sinovlar ketma-ketligidan o‘tgan bo‘lib, bu esa uni dunyodagi eng xavfsiz batareyalardan biriga aylantiradi.

BYD Blade batareyasi
Yuqori darajadagi xavfsizlik

Yuqori darajadagi xavfsizlik

Xomashyo sifatida ishlatiladigan litiy-temir-fosfat bir qator foydali xususiyatlarga ega: issiqlikning sekin ajralishi, past issiqlik tarqalishi va kislorod ajralmasligi. Yassi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi noyob dizayn sovitish va oldindan isitish samaradorligini ham oshiradi. Blade Battery mix bilan teshib ko‘rish sinovidan olov yoki tutun chiqarmagan holda muvaffaqiyatli o‘tgan.
Kengaytirilgan harakatlanish masofasi

Kengaytirilgan harakatlanish masofasi

An’anaviy akkumulyator bloklari bilan solishtirganda, Blade batareyasi egallaydigan maydon 50% dan ortiqroqqa kengaytirilgan bo‘lib, bu yuqori energiya zichligini va kattaroq harakatlanish masofasini ta’minlaydi.
Mix bilan teshib ko‘rish sinovi

Mix bilan teshib ko‘rish sinovi

Mix bilan teshib ko‘rish sinovi batareyalarning issiqlik ajralishi nuqtai nazaridan eng qat’iy tekshiruv usullaridan biri hisoblanadi. Maqsad — batareyadagi ichki qisqa tutashuvni keltirib chiqarish. Odatda bu jiddiy yo‘l-transport hodisasi vaqtida tashqi o'tkir metall buyumlar batareyaga tushganda sodir bo‘ladi. batareyasi mix bilan teshib ko‘rish sinovidan olov yoki tutun chiqarmasdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Sirt harorati faqat 30–60°C gacha yetgan.
Uzoqroq xizmat ko`rsatish muddati

Uzoqroq xizmat ko`rsatish muddati

Blade Battery uzoq xizmat ko`rsatish muddatiga ega — 5000 martadan ortiq quvvatlash va sarflash davri.
Optimallashtirilgan mustahkamlik

Optimallashtirilgan mustahkamlik

Bir qadoqda massiv ko‘rinishida joylashtirilgan har bir element konstruktiv tayanch vazifasini bajarib, tashqi kuch ta’siriga qarshilik ko‘rsatadi. Yuqori va pastki qismida yuqori mustahkam panellarga ega, asalari uyasiga o‘xshash alyuminiy tuzilma vertikal yo‘nalishdagi qattiqlikni sezilarli darajada oshiradi. Aynan shu keskin konstruktsiya Blade batareyasining optimal mustahkamligini ta’minlaydi.
SiC MOSFETs yarimo‘tkazgich texnologiyasi

SiC MOSFETs yarimo‘tkazgich texnologiyasi

Aerokosmik darajadagi material (alyuminiy kremniy karbidi) asosida yaratilgan yuqori darajada integratsiyalashgan SiC moduli elektromotorning foydali ish koeffitsiyentini optimallashtiradi va natijada avtomobilning harakatlanish zaxirasini oshiradi.
Standart jihozlangan yuqori samarali issiqlik nasos tizimi

Standart jihozlangan yuqori samarali issiqlik nasos tizimi

Ilg‘or energiya tejovchi issiqlik nasos tizimi standart jihozga kiritilgan. Keng harorat diapazonida ishonchli ishlaydigan tizim atrof-muhit, uzatmalar, yo‘lovchi saloni va hatto batareyalardan qolgan issiqlikni samarali ishlatish uchun ishlab chiqilgan. Bu issiqlik samaradorligini oshiradi va isitish yoki sovutish paytida energiya yo‘qotilishini kamaytiradi. Natijada, past haroratlarda harakatlanish zaxirasi oshadi.